Главная » 2020 » Январь » 6 » Kichik kvartirada yashashning siz bilmagan 9 afzalligi
23:39

Kichik kvartirada yashashning siz bilmagan 9 afzalligi


Mitti kvartira – tez tozalash, ortiqcha sarf-xarajatsiz dizaynni o‘zgartirish va yana bir qancha afzalliklarga ega uydir.

1. Butun kvartirani bir uslubga bo‘ysundirish oson.
 

Makon uncha katta bo‘lmagani uchun yagona konsepsiyani o‘ylab topish qiyinchiliksiz kechadi. Qaysidir rangdan ko‘p foydalanib yubormadingizmi, uy zerikarli ko‘rinmayaptimi, singari masalalar qiynamaydi. Interyerni to‘ldirish va barchasini uyg‘unlashtirishning ayyor usullarini qidirmaysiz. Qayerda nima turishini oldindan tasavvur qilish qiyin emas.

2. Qimmatroq ta’mir materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

Instagram: @alexanderpaar

Bo‘yoqlar, gulqog‘oz (oboy)lar va pol qoplamasi uchun ko‘p sarf qilishingiz shart emas, shuning uchun qimmatroq materiallar sotib olish imkoningiz bo‘ladi. Do‘konlarda dizaynerlik oboylarining qoldiqlari yoki plitkalar bor-yo‘qligini so‘rash yodingizdan chiqmasin, odatda ularga katta chegirmalar qilishadi.

3. Loyiha dizayni arzonroq bo‘ladi.

Instagram: @deka_art_rnd

Katta kvartira uchun dizayner yollash qimmatga tushadi, chunki xizmat haqi xonalar soni va o‘lchamiga bog‘liq. Bitta xona yoki kamtarona studiya egasi bo‘lsangiz, loyiha dizayni arzonroq bo‘ladi. Dizayner mehnati singgan mitti kvartira esa qiziqroq. Shuningdek, egasi dizayni ustida bosh qotirgan katta kvartiradan ko‘ra ko‘p funksiyali bo‘ladi.

4. Dizaynni o‘zgartirish oson.

Instagram: @deka_art_rnd

Kichik kvartirani sotib olganingizda darhol uni biror uslubga keltirish uchun ta’mirlatgan bo‘lishingiz mumkin. Ammo bir necha yildan so‘ng, boshqa uslubni xohlab qolsangiz, o‘zgartirish qiyin emas. Bo‘yaydigan devorlar va almashtiriladigan mebel, aksessuarlar ko‘p emas, axir.

5. Mebel uchun xarajatlar kamayadi.

Kichik kvartiraga eng muhim mebellarnigina olishga to‘g‘ri keladi. Katta kvartiraga esa dekorativ maqsadlar uchun ham mebel sotib olish lozim, yo‘qsa xonalar bo‘sh ko‘rinadi. Bundan tashqari, qandillar va qo‘shimcha yoritgichlar, gilamlarni aytmaysizmi.

6. Shinamlik yaratish oson.

Instagram: @marcepankowo.gd

Uncha katta bo‘lmagan xonada shinam va xavfsiz shaxsiy makonni yaratish ancha oson. Mayda detallar ham ko‘zga tashlanib turadi. Ular sevimli bo‘lsa, doim ko‘z ostingizda bo‘ladi va yoqimli kayfiyat beradi. 

7. Ortiqcha narsalar sotib olmaysiz. 

Instagram: @casa_riama

Har bir xarid oldidan, olayotgan narsangizga joy topiladimi-yo‘qmi, o‘ylashingizga to‘g‘ri keladi. Bu ortiqcha sarf-xarajatdan asraydi. Ekologik, ongli va mustaqil hayot tarzida yashay boshlaysiz.

8. Uy tozalash vaqtingizni ko‘p olmaydi.

Instagram: @uniquechicfurniture

Yaxshi tashkillashtirilgan kichik xonada tozalash ishlari tez amalga oshiriladi. Uzoq vaqt changyutgichda ishlash, pollarni va bir necha derazalarni artishga to‘g‘ri kelmaydi. Bunday xonaning juda ifloslanib ketishi ham kam kuzatiladi. Axir, har kuni ikki soatdan ko‘ra 20-30 daqiqa vaqt ajratib, uyni tartibga keltirish oson.  

9. Kutilmagan mehmonlar bezovta qilmaydi.

Instagram: @smartmebel.ua


Tanishlaringiz kichik kvartirada yashashingizni biladi, demak kutilmagan mehmonlar uchun asosli sababingiz bor. Ayni vaqtda bir-ikkita yaqin do‘stlaringizning yotib qolishiga joy hozirlasangiz bo‘ladi. Buning uchun shishiriladigan matras yoki yoyiladigan mebelga ega bo‘lishingiz kerak. Ularni qayta yig‘ib qo’yish qulay, ortiqcha joyni band qilmaydi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz