13:29 Kimning tushi o‘ng keladi?.. | |
Tushlarga ishonmaydigan odam kam bo‘lsa kerak. Kimdir tushlarim o‘ng keladi, deb qat’iy ishonsa, ba’zi birovlar ishonsa-da, ammo tushlarga u qadar ahamiyat bermaydi. Astrologlarning fikriga ko‘ra esa har bir insonning tushlari ijobati uning qaysi burj ostida tug‘ilganiga boqliq ekan. Bilganingizdek, barcha insonlar ham o‘ngidan keladigan tushlar ko‘rish qobiliyatiga ega emas. Ko‘pincha Suv unsuri ostida tug‘ilgan kishilar kelajakni aytib beruvchi tushlar ko‘rishi mumkin ekan. Ular, Baliq, Qisqichbaqa va Chayon burji ostida tug‘ilgan kishilar hisoblanadi. Odatda ular yorqin va esda qolarli tushlar ko‘radilar. Ushbu burj vakillari tushlarini eslab qolib, uning amalga oshgan yo oshmaganini tekshirib ham ko‘radilar. Ammo ularning tushlari majoziy bo‘lib, bu tushlar talqin qilishga muhtoj bo‘ladi. Shuning uchun ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish murakkab. Ammo Baliq burji ostida tug‘ilganlar o‘z tushlarini o‘zlari talqin qilish qobiliyatiga egalar, garchi ko‘p chalkashliklarga duch kelishsa-da. Odatda Baliqlarda muhabbat va bolalar masalasidagi tushlari o‘ng chiqadi. Ammo faqat bu emas. Ko‘pincha tavakkal qiladigan ishlari, turli yutuqlar kabilarda ham ularning tushlari o‘ng chiqishi mumkin. Qisqichbaqalar tush sohasida juda omadlilar. Ular odatda uzoq sayohatlar va boshqa mamlakatlarga safarlar kabilarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyatiga egalar. Chayon burji vakillarining tushlari esa ko‘p hollarda xizmat, ish bilan bog‘liq bo‘lganda o‘ng kelishi mumkin. Masalan, agar siz tushingizda imtihon topshirayotganingizni ko‘rsangiz, demak, muhim bir hodisa arafasidasiz. Bu faqatgina tush mazmuni bilan bog‘liq emas, boshqa sohalarda ham bo‘lishi mumkin. Havo unsuri vakillari — Egizaklar, Tarozi va Qovg‘alar insonlar orasidagi munosabat, shuningdek, turli timsollar va chizmalar bilan bog‘liq tushlarga unchalik ahamiyat bermaganlari ma’qul. To‘g‘ri, ular ko‘rgan tushlari natijasida muhim ilmiy kashfiyotlar qilishi yoki biron muammosiga javob olishi mumkin. Bu ko‘proq Egizaklar burjida tug‘ilganlarga taalluqli. Ammo Tarozi burji ostida tug‘ilganlar romantik bo‘lib, ularning tushlari ham ko‘proq muhabbat borasida rost chiqadi. Qovg‘a burji ostida tug‘ilganlarga ham bu borada omad kulib boqqan. Ularning ham tushlari ko‘pincha o‘ng keladi. O‘z tushlari yordamida ular ham turli kashfiyotlar qilishi, yuqoridan biror ishora olishlari mumkin. Umuman, Qovg‘alar barcha burj vakillaridan ko‘ra sirliroq. Shuningdek, ular hamma vaqt ham tushlarini talqin qilavermaydilar, ular moddiy olamdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy olamda yashashadi. Olov unsuri ostida tug‘ilgan Qo‘y, Arslon va Yoy burji vakillari boy tasavvurlari bilan maqtansa arziydi. Ular hatto o‘z kelajaklarini ham dasturlash xususiyatiga egalar. Tushlarida nima ko‘rsalar, shu ularning o‘ngida ham davom etishi mumkin. Odatda tushlari o‘ngidan keluvchilar orasida mashhur insonlar: siyosatchilar, harbiylar, san’at kishilari ko‘p uchraydi. Olov unsuri vakillari uchun yorug‘lik, yorqin narsalar kabilarni tushga kirishi ko‘pincha o‘ng bo‘ladi. Arslon burji vakillari esa ko‘pincha chiroyli, ammo aldamchi tush ko‘radi. Ular tush ta’birlari kitoblarini varaqlamas ham bo‘ladi. Qo‘y va Yoy burji vakillari uchun muhabbat, sayohat, ilm borasidagi tushlari o‘ng kelishi mumkin. Ushbu burj vakillari keng miqyosdagi tushlar ko‘rishi va ular o‘ng kelishi mumkin. Faqat buni vaqtida payqab olish lozim, xolos. Yer unsurlari vakillari bo‘lmish Buzoq, Sunbula va Tog‘ echkilarining tushlari hamma vaqt ham o‘ng kelavermaydi. Ular ko‘pincha ko‘rgan tushlarini unutib ham yuborishadi. Ammo shunday bo‘lsa-da, ko‘pincha qaysidir sohalarda ularning tushlari o‘ng kelishi mumkin. Masalan, Buzoqlar oziq-ovqat va kiyim, Sunbulalarda kitob va va boshqa xo‘jalik mollari, Tog‘ echkilarida esa qurilish va xo‘jalik kabi sohalarda ko‘rgan tushlari o‘ng keladi. Ularning ko‘pchiligi asosan tushlarida hayvonlar, o‘simliklar va inson a’zolarini ko‘radi. Shuningdek, tushlari asosan aniq bir masal yuzasidan, masalna, Biron nima xarid qilish, ishdagi biron o‘zgarishlar kabilarda amalga oshishi mumkin.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|