21:48 Kir yuvish vositasining sifatini aniqlashning oddiy yo‘li | |
Bir xil kir yuvish kukunini har xil do‘konlardan yoki har doim bitta do‘kondan sotib olsangiz ham bu kukunning kiyimlarga ta’siri har xil bo‘lishining guvohi bo‘lasiz. Ba’zan ular yordamida dog‘larni oson ketkazish mumkin, ba’zan esa hech qanday ta’siri bo‘lmaydi. Buning sababi – kukunlardan biri qalbaki! Lekin ularning aynan qaysi biri? Buni aniqlash uchun uy sharoitida tajriba o‘tkazib ko‘ramiz: ikkala har xil o‘ramlardan ham bir oz miqdorda kir yuvish kukuni olamiz va ularni bir-biri bilan aralashtirmaymiz; shuningdek oddiy ko‘kdori (zelyonka) va yarim qilib oddiy suv solingan va almashib ketmasligi uchun raqamlangan 2 ta shaffof idish kerak bo‘ladi; har bir suvli idishlar ichiga ozroq-ozroq kukun qo‘shish kerak: birinchi raqamli idishga bir vosita, ikkinchi raqamli idishga esa boshqa vosita solinadi; keyin esa ikkala idishga ham 3 tomchidan zelyonka tomizish, hammasini chayqatish va ranglarining o‘zgarishini kuzatish kerak. Agar idish ichida haqiqiy kir yuvish kukuni bo‘lsa, u holda zelyonka reaksiyaga kirishish vaqtida o‘z rangini yo‘qotadi. Agar kukun qalbaki bo‘lsa, u holda aralashma yashil rangga kiradi. Afsuski qalbakilikni aniqlashning bunday yo‘lini do‘konda amalga oshirish mumkin emas. Lekin har holda kir yuvish vositasini qaysi do‘kondan sotib olish kerakligini bilib olish mumkin. Manba: “Liveinternet.ru”
Manba: "daryo.uz"
| |
|