Kiyimni noto‘g‘ri yuvib qo‘yib uni buzib qo‘yganlar son-mingta. Yap-yangi kiyim bir yuvgandan keyin rangi ocharib, cho‘zilib ketgandan so‘ng sifati yaxshi emas ekanda, deb kiymay qo‘yamiz. Aslida hamma ayb kiyimda emas, uni yuvgan odamda. Kiyimda qayd qilingan yorliqlarga e’tibor bermaymiz, ularning ma’no-mazmunini ham tushunmaymiz. Axir ular bekordan-bekorga kiyimga yopishtirilmagan-ku! Ushbu maqolada yorliqlarning ma’no-mazmuni haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo'lasiz.
1. Bu kiyimni yuvish mumkin.
2. Bu kiyimni yuvish mumkin emas.
3. Ushbu kiyimni faqatgina qo‘l bilan yuvish mumkin. Suv harorati 30-40 foizni tashkil qilishi kerak. Kiyimni ishqalash mumkin emas.
4. Ushbu kiyimni qo‘lda ham kir mashinada ham yuvsa bo‘ladi. Suvning maksimal harorati 30 darajani tashkil qilishi kerak.
5. Buni qo‘lda ham kir mashinada ham yuvsa bo‘ladi. Kiyimni kimyoviy moddalar bilan yuvish ta’qiqlanadi. Sovuq suvda chayqalishi kerak.
6. Bu kiyim ko‘p suv bilan, mexanik qayta ishlovlarsiz yuvilishi kerak.
7. Kiyim sovuq suvda xlor mavjud bo‘lgan vosita bilan yuvilishi mumkin. Suvga qo‘shilgan kukun yoki vosita to‘liq erib ketishini ham nazorat qiling.
8. Bu kiyim oqartiruvchi yoki tarkibi xlor mavjud bo‘lgan vosita bilan yuvilishga mo‘jallanmagan.
9. Kiyimni dazmollash mumkin.
10. Dazmol harorati maksimum 110 darajagacha bo‘lishi kerak. Kiyim ustiga doka qo‘yilgachgina dazmol uriladi. Bug‘dan foydalanish mumkin emas.
11. Dazmollash harorati 150 darajani tashkil qilishi kerak. Dazmol suvda ho‘llangan mato ustidan urilishi kerak.
12. Dazmollash harorati 200 darajadan baland bo‘lmasligi kerak. Kiyimni biroz namlab keyin dazmol qilish mumkin.
13. Faqatgina quruq kimyoviy yuvish orqali yuvilishi kerak.
14. Kimyoviy yuvilishda istalgan vositadan foydalanish mumkin.
15. Uglerod, etilen yoki monoflotrixlopmetan moddalari bilangina kimyoviy yuvilishga ruhsat beriladi.
16. Uglevodorod va triftortrixlormetan moddalari bilangina kimyoviy yuvish mumkin.
17. Suv miqdori chegaralanadi. Yumshoq tozalanish talab etiladi.
18. Uglevodorod va triftortrixlormetan moddalari va chegaralangan suv miqdori bilangina kimyoviy yuvish mumkin. Shuningdek, mexanik ta’sir va quritish haroratiga ham e’tibor bering.
19. Kir moshinasi yoki elektr quritgichda quritilishi uchun yumshoqroq rejim tanlanishi kerak.
20. Kir moshinasida siqish va quritish mumkin emas.
21. Past haroratda ham quritsa bo‘ladi.
22. O‘rtacha haroratda ham quritishga ruhsat beriladi.
23. Siqib bo‘lingach, kiyim vertikal holatda ilinib quritilishi kerak.
24. Bu kiyimni siqish mumkin emas.
25. Kiyimni gorizontal yuzada quritish kerak.