Главная » 2020 » Январь » 31 » Ko‘zim yaxshi ko‘rsin desangiz: ko‘rish qobiliyatini yomonlashtiruvchi odatlar
20:55

Ko‘zim yaxshi ko‘rsin desangiz: ko‘rish qobiliyatini yomonlashtiruvchi odatlar


Ko‘zlar insonga butun dunyoni ochuvchi “darvoza”lardir. Ko‘rish qobiliyatisiz inson hayotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo bilib-bilmagan holda turli odatlarni bajarish bu bebaho qobiliyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mana masalan…

•  Ko‘zni ishqalash

Aksariyat odamlar ko‘zini ishqalashni xush ko‘radi. Biroq qo‘llar doim ham toza bo‘lmasligini bilasiz. Bakteriyalar qo‘l orqali ko‘zning shilliq qavatiga kirib, yallig‘lanishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, ko‘z olmasini bosish ham tavsiya qilinmaydi. Ko‘zga imkon qadar kamroq tegingan ma’qul.

•  Yaroqlilik muddati o‘tib ketgan kosmetika

Qovoqlar chetiga surtiluvchi kosmetik vositalarning yaroqlilik muddatiga e’tibor bering. Tush, ten, qovoq qalamlari yuqori sifatli bo‘lishi kerak.  

•  Makiyajni yuvmasdan uxlash

Makiyajni tozalamasdan uxlash nafaqat teri, balki ko‘zlar uchun ham zararli. Kosmetik vositalar ko‘zning shilliq qavati orqali kirib, ta’sirlanish va yallig‘lanishni yuzaga keltirishi mumkin.

•  Linzani yechmay uxlash

Ko‘z linzalarini uxlash oldidan, albatta, yechish shart. Shuningdek, basseyn, dush, sauna yoki vanna qabul qilishdan avval ham ularni yechib qo‘yishni unutmang. Suv orqali zararli moddalar ko‘zga tushib, linzalarga joylashib olishi mumkin. Ularning ko‘zga tushishi va ko‘zlarni zararlashining ehtimoli yuqori. 

•  Quyosh nuridan saqlovchi ko‘zoynaklarni taqmaslik

Bunday ko‘zoynaklar har bir inson uchun kerak. Ular ko‘zni ultrabinafsha nurlardan himoyalaydi. Chunki bu nurlar to‘r pardani zararlab katarakta rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

•  Ko‘z shifokori qabuliga bormaslik

Ko‘zim qachon og‘risa, o‘shanda shifokorga boraman, deb o‘tirish kerak emas. Yilda bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘tishga harakat qiling.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz