21:38 Koinotda yirik portlash sodir bo‘ldi | |
Xalqaro radioastronomiya tadqiqotlari markazining mutaxassislari koinotda yuz bergan Katta portlashdan keyingi eng kuchli portlashni qayd etishdi. Bu haqida “EurekAlert” nashri xabar bermoqda. Nashrning ta’kidlashicha, portlash Yer sayyorasidan 390 million yorug‘lik yili masofada joylashgan juda katta qora tuynukda sodir bo‘lgan. Astronomlarning ta’kidlashicha, portlash natijasida avvalgi rekord ko‘rsatkichdan besh baravar ko‘p bo‘lgan elektr energiyasi ajralib chiqqan. Portlash sabablariga hozircha aniqlik kiritilgani yo‘q.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|