22:35 Kommunal xizmatlar narxi 1 apreldan oshadimi? | |
O‘zbekistonda “an’anaga” ko‘ra kommunal xizmatlar tarifi bir yilda ikki bora – 1 aprel va 1 oktabr kuni oshiriladi. Biroq, Nuz.uz’ning qator davlat korxonalariga asosan xabar berishicha, joriy yilning birinchi aprelidan narxlarning oshirilishi kutilmayapti. Ertaga narxlar xuddi bugungidek qoladi, deya aytib o‘tishgan nashrga aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi bir necha davlat tashkilotlari. Ya’ni 1 aprel kuni “an’anaviy” ravishda oshirish kutilayotgani yo‘q. Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, tariflar oktyabrga qadar oshmasligi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham oshirilish haqida ogohlantirish kamida ikki hafta oldin taqdim etiladi. Asosiy kommunal xizmatlarga tariflarni eslatib o‘tamiz.
Manba: "kun.uz"
| |
|