19:27 Kommunarkadagi kasalxona bosh vrachida virus aniqlandi. U Putin bilan ko‘rishgandi | |
Moskvadagi Kommunarka kasalxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Ayni vaqtda Rossiyada Covid-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarning aksar qismi shu shifoxonada davolanmoqda. O‘tgan haftada bu yerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashrif buyurgandi.«Interfaks» agentligi ma'lumotiga ko‘ra, Protsenko o‘zini yaxshi his qilmoqda. Uning virus yuqtirishi munosabati bilan Kommunarkada qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilgan. Moskvaga yondosh joylashgan «Novaya Moskva»dagi Kommunarka kasalxonasi koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan bemorlarni ilk bor qabul qilishni boshlagan shifoxona bo‘lgandi. 24 mart kuni RF prezidenti Vladimir Putin shifoxonaga kelgan, unga Protsenko hamrohlik qilgan va u prezident bilan qo‘l berib so‘rashgandi. Protsenkoda virus aniqlangani haqidagi xabarlardan keyin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin doimiy ravishda test topshirib turgani va unda virus yo‘qligini ma'lum qildi. «Barchasi normal holatda», — degan u.
Manba: "kun.uz"
| |
|