17:37 Konor Makgregor uch yarim soatlik jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi | |
Dastin Pore bilan jangda Konor Makgregorning oyog‘i sinib ketgan edi. Bugun Konor uch yarim soat davomida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi. Ma’lum qilinishicha, uning katta boldir suyagiga shtift o‘rnatilgan. Kichik boldir suyagi plastina va vintlar bilan fiksatsiya qilingan. Barcha qo‘llab-quvvatlayotganlarga rahmat. Bu yovvoyi raund bo‘ldi, ikkinchi raundda nimalardir qilsa bo‘lardi. Lekin bizning biznes ana shunday o‘ziga xos. Oyoq suyagim sinib ketdi. Dastin, nohaq g‘alabani nishonlayver, lekin sen hech narsa qilolmading. Biz yana ko‘tarilamiz, tiklanamiz va har qachongidan kuchli bo‘lib qaytamiz», dedi Makgregor.
Manba: "xabar.uz"
| |
|