Главная » 2020 » Март » 4 » Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlari diqqatiga
22:24

Koreyadagi O‘zbekiston fuqarolari, ularning oila a’zolari va yaqinlari diqqatiga


2020 yil 29 fevraldan boshlab O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab o‘z ishini boshladi va u Koreya Respublikasida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 soatlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Shtab a’zolari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.

Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Feysbukdagi sahifasida, Feysbuk va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi “Uzbek students in Korea” guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.

Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va fuqarolarimizning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko‘maklashmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo‘lib turgan barcha O‘zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.

Operativ shtab bergan ma’lumotga ko‘ra, 3 mart ertalab holatiga ko‘ra Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.

Elchixona yana bir bor hamyurtlarimizga o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Koreya Respublikasi Hukumati ilg‘or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog‘liq bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi

(+82) 2 574-65-54;   (+82) 2 577-36-60

Zokir Saidov - (+82) 10-7281-7731

Alisher Abdusalomov - (+82) 10-3213-1972

Yorqin Xodjayev - (+82) 10-2674-7798

Akbarjon To‘rayev - (+82) 10-6659-4504

Haydar Fayziyev - (+82) 10-6802-1969

Abdumannon Isanov - (+82) 10-3213-4505

Ayubxon Abdullayev (“Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi) - (+82) 10 8718-6850

Alisher Sulaymonov (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi) - (+82) 10-9910-0057


Manba: "sof.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz