21:32 Koronavirus bepushtlikka olib kelishi rostmi? Isiriqning virusga davoligi-chi? | |
COVID-19 koronavirus infeksiyasi O‘zbekistonga kirib kelgach, ijtimoiy tarmoqlarda turli-tuman mish-mishlara avj oldi. Isiriqning virusga qarshi davo bo‘lishi, koronavirusga chalinganlarning bepusht bo‘lib qolishi shular jumlasidan. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bu kabi mish-mishlarga aniqlik kiritdi. Xususan, u bepushtlik masalasiga quyidagicha izoh berdi.
U Isiriqning virusga davo ekani haqidagi ma’lumotni rad etgan bo‘lsa-da, uning boshqa foydalari mavjudligini aytib o‘tdi.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi. Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Manba: "qalampir.uz"
| |
|