21:28 Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga xususiy klinikalarga ham ruxsat berildi | |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga ko‘ra amalga oshiriladi. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi. Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi. Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|