20:37 Koronavirus chivinlar orqali tarqalishi mumkinmi? | |
Koronavirus havo harorati ko‘tarilgani sayin yo‘qolib borishini aytishmoqda. Biroq, issiq kunlarda chivin ko‘payadi. Chivin esa virus tashuv hisoblanadi. Chivinlar koronavirusni tashimaydimi? Bu haqda bugun AOKAda o‘tgan onlayn-matbuot anjumanida Sanitariya-Epidemiologiya osoyishtaligi agentligi direktori Bahrom Alimatovga murojaat qilindi. Bahrom Alimatovning ma’lum qilishicha, chivinlarning virus tashishga aloqasi yo‘q. Qolaversa, bitta isbotlangan haqiqat bor, havo harorati qancha yuqori va issiq bo‘lsa, viruslar shuncha chekinadi.
Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu virus bilan og‘riganlar 11 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda 2100 kishi karantinga olingan. Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|