09:52 Koronavirus epidemiyasi mavsumiy xastalikka aylanadimi? | |
Rossiyaning “Birinchi kanal” xabariga ko‘ra, “Vektor” Virusologiya va biotexnologiya markazining bosh direktori Rinat Maksyutov yangi turdagi koronavirus bilan hodisalarning kelajakdagi rivojlanishi haqida fikr bildirar ekan, infeksiya oxir-oqibat mavsumiy jarayonga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi. "Epidemiya tugaydi va mavsumiy kasallik formatiga o‘tadi. COVID-2019 inson populyasiyasida tarqalishni davom ettiradi, ammo klassik mavsumiy gripp virusi kabi harakatlanishni boshlaydi. Lekin buning uchun dunyo aholisining 50-60 foizi o‘zida koronavirusga qarshi immunitetni rivojlantirishi kerak" - dedi mutaxassis.
Manba: "aniq.uz"
| |
|