20:25 Koronavirus haqidagi birinchi film qo‘l kamerasida suratga olindi | |
Ta’kidlanishicha, film namoyish uchun allaqachon tayyor va kino ijodkorlari uni ko‘rish uchun tamoshabinlarni onlayn kinoteatrlarga taklif qilishyapti. Film 63 daqiqa davom etadi. Kartina uchun treyler YouTube'ga joylandi. Film voqealari bir liftda sodir bo‘lib o‘tadi. Lift ichida olti nafar qo‘shni bo‘ladi. Yettinchi bo‘lib liftga xitoylik notanish ayol chiqadi. Qolganlar ayolda infeksiya borligiga shubha qila boshlaydi. Shu payt liftda avariya sodir bo‘ladi va ichkaridagilar qamalib qoladi. Qo‘shnilar virus yuqishidan qo‘rqib xitoylik ayolga nisbatan tajovuz ko‘rsatishadi. Shuningdek, filmda irqchilik mavzusi ham ko‘tarilgan. Keshvariy so‘zlariga ko‘ra, unda film g‘oyasi, liftda xitoylik sayyohlarga mahalliy aholining hujum qilishi haqidagi yangiliklarni o‘qiganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Suratga olish jarayoni joriy yilning fevral oyida Vankuverdagi pavilonda bo‘lib o‘tdi. Keshvariy u paytda COVID-19 epidemiyasi global pandemiyaga aylanishini bilmagan va shunchaki irqiy kamsitish muammosiga qiziqib qolgan.
Tabiiy chiqishi uchun film qo‘l kamerasida suratga olindi va aktyorlar o‘zlarining infeksiyadan qo‘rqishlarini namoyish etish uchun improvizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|