13:22 Koronavirus katta shaharlarda: Undan qochish mumkinmi? | |
Koronavirus Antarktidadan tashqari barcha qit'alarda aniqlandi va virusning Xitoy tashqarisidagi tarqalish ko‘rsatkichlari Xitoy hududidagiga qaraganda tezroq tarqala boshladi.Katta va aholisi zich joylashgan shaharlarda avj olish manzarasi juda xavflidir.Quyida shahar hayotini virus tahlikasidan asraydigan ba'zi choralar keltiriladi. Jamoat transporti Viruslar jamoat transportining yuqori qismidagi bo‘shliq orqali oson tarqalishi mumkin (fotoda - Tehrondagi avtobus) Bir necha izlanishlarga ko‘ra, gripp mavsumi vaqtida jamoat transportidan foydalanadigan odamlar kasallikka olti marta ko‘proq chalinishadi. Aynan shu sababli, Janubiy Koreyadan Eronga qadar ko‘plab mamlakat ma'murlari jamoat transportida — poyezd, avtobus va bekatlarda tozalash ishlari olib borishni buyurmoqda. Olomon Yaponiya hukumati odamlardan to‘planmaslikni so‘ramoqda Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi oltita uchrashuv ko‘chirildi — bunga Eronning to‘rt jamoasi jadvali ta'sir ko‘rsatdi. Yevropada Italiya jamoalari ishtirok etishi kerak bo‘lgan regbi va futbol o‘yinlari qoldirildi. Ammo eng jiddiy kechikish Tokioda o‘tishi kutilayotgan Olimpiada-2020 bo‘lishi mumkin. O‘yinlar 24 iyulda boshlanishi kerak. Hozircha faqat Olimpiya mash'alasi marafoni keyinga qoldirildi, ammo XOQ koronavirus tarqalishi pandemiyaga aylansa, o‘yinlar bekor qilinishini istisno qilmagan. Koronavirus bir nechta diniy tadbirlarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazmoqda. Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning Makka va Madinaga kirishini vaqtincha taqiqladi. Maktablar Tailand, Eron, Iroq va Italiyada maktablarda mashg‘ulotlar bekor qilingan Buyuk Britaniya va AQShda hukumat maktablarni yopishni tavsiya etmayapti. Yaqin orada koronavirus keng tarqalgan mamlakatlarga bolalari bilan tashrif buyurgan ota-onalarga ikki hafta davomida uydan chiqmaslik va farzandlarini maktabga yubormaslik tavsiya etiladi. Ofislar Kompaniyalar xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qilmoqda Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha AQSh markazi kompaniyalarga xodimlarni masofadan ishlashga undashni taklif qildi, bu ayniqsa o‘zida isitma yoki nafas olish yo‘llari infeksiyasini kuzatayotgan ishchilarga aloqador. Ma'lumot yetkazish Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiya beradi:
Kasalxonalar Tibbiyot muassasalariga bemorlarni izolyatsiya qilish va xodimlarning himoya kiyimlari kiyib olishlariga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. AQSh va Britaniyadagi rasmiylar hisoblashicha, agar avj olish ko‘lami kengaysa, shifoxonalarda joy yetishmovchiligi paydo bo‘ladi. Izolyatsiya Iroq, Basra shahridagi tekshiruv
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, koronavirus dunyo bo‘ylab tarqalganda, bunday choralar, afsuski, o‘z samarasini yo‘qotadi. Bundan tashqari, hamma joyda ham ularni amalga oshirish mumkin emas. «Juda kam sonli davlatlar, xuddi Xitoy singari butun shaharlarni yopib qo‘yishga qodir. Bunday to‘siqlar oilalarni ajratish xavfi bilan doimo bog‘liq bo‘lib, odamlar dori-darmonlarni, shuningdek, oziq-ovqat va eng zarur narsalarni olishni to‘xtatishi mumkin», — deb yozdi Jon-Hopkins salomatlik markazi direktori Tom Inglsbi. «Ular Xitoyda bo‘lganidek, shifokorlar, hamshiralar va ta'minotlarning kasalxonalar orasidagi harakatiga xalaqit berishi mumkin», — deya qo‘shimcha qilgan u.
Manba: "kun.uz"
| |
|