12:59 Koronavirus niqobda qancha vaqt yashaydi? | |
Koronavirus narsa-buyumlar yuzasida xona haroratida qancha vaqt yashay olishini Gonkong universiteti olimlari o'rganip chiqishdi. Tadqiqotga ko‘ra, koronavirus tibbiy niqob yuzasida yetti kungacha yashay olarkan. Aniqlanishicha, printer qog‘ozi yuzasida virus uch soatga yaqin saqlangan. Ishlov berilgan yog‘och yoki kiyim yuzasidan esa ikkinchi kuniyoq yo‘qoladi. Oyna va qog‘oz pulda — to‘rt kungacha, zanglamas metall va plastmassa yuzasida — to‘rt kundan yetti kungacha yashaydi. Juda oz bo‘lsa-da, yuqishi mumkin virus tibbiy niqob yuzasida bir hafta yashashi olimlarni hayron qoldirdi. Buni bilib qo‘ygan yaxshi, shuning uchun taqib yurgan niqobingizning tashqi tomoniga aslo qo‘l tekkizmang, deb yozadi «South China Morning Post»da chiqqan xabarda shu tadqiqot qatnashchilaridan biri.
Manba: "xabar.uz"
| |
|