21:06 “Koronavirus qayta avj olishi mumkin, agar...” JSST dunyo mamlakatlarini ogohlantirdi | |
Agar karantin choralari yumshatilsa, koronavirusning qayta avj olishi kuzatilishi mumkin. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi. JSST butun dunyodagi rasmiylarni karantin choralarini tez orada yumshatmaslikka chaqirdi. Tashkilot vakili Kristian Lindmayerning ma’lum qilishicha, koronavirusni jilovlab olish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi.
Uning ta’kidlashicha, JSSTda karantin chora-tadbirlarni yumshatish bo‘yicha mamlakatlar uchun umumiy tavsiyalar yo‘q. Har bir mamlakat o‘z hududidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib ushbu choralarni belgilaydi hamda bekor qiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha dunyoda 1 363 365 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Bemorlarning 292 467 nafari sog‘aygan, 76 507 nafar bemor esa vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|