21:25 Koronavirus qurbonlari soni 4 mingdan oshdi. Virus qachongacha tarqalishi aytildi | |
Butun dunyoga yoyilib, ko‘plab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan COVID-19 koronavirusi bo‘yicha yangi-yangi ma’lumotlar kelishda davom etyapti. Bugun, 10 mart holatiga koronavirusga chalinganlar soni dunyo bo‘yicha 114 422 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar Xitoyda 80 ming, Italiyada 9 ming, Janubiy Koreya va Eronda 7 ming, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada ming nafardan oshdi. Bemorlarning 64 088 nafari davolandi. Virusdan halok bo‘lganlar soni 4027 nafarga yetdi. Qurbonlar soni bo‘yicha Xitoy birinchi (3136 nafar), Italiya ikkinchi(463 nafar) va Eron uchinchi (237 nafar) o‘rnida boryapti. Virus bugunga kelib dunyoning 115 mamlakatiga kirib bordi. Xitoy Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi tomonidan koronavirus bilan kurash uchun tuzilgan guruh rahbari Chjun Nanshan epidemiya qachon tugashi haqidagi savolga javob berdi. “Taxminlarga ko‘ra virus dunyoda iyun oyigacha tarqalishda davom etadi. Koronavirus bilan kurashdagi murakkablik Xitoydan tashqariga ko‘chishi mumkin”, degan Chjun Nanshan. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun karantin choralarini kuchaytirish zarur.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|