23:32 Koronavirus sabab to‘ylarni vaqtincha taqiqlash taklif qilinmoqda | |
Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputati Baktibek Turusbekov koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda to‘y va marosimlarni cheklashni taklif qilda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda. Qirg‘iziston SSV vaziri Kosmosbek Cholponbayev ilgari ham to‘y va marosimlarni vaqtincha to‘xtatib turish taklifi bildirilganini eslatib o‘tdi. Lekin mamlakatda vaziyat barqaror bo‘lgani bois cheklovlar joriy etilmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘ylab 83376 nafarni tashkil etmoqda. 2859 kishi vafot etgan, 36585 kishi darddan forig‘ bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|