22:08 Koronavirus Shimoliy Koreyaga ham kirib bordi | |
Pxenyanda istiqomat qiladigan bir ayol yaqinda Xitoydan qaytib kelgandi. Unda kasallik alomatlari paydo bo‘lgach, mamlakat epidemiologiya xizmati undan tahlil olib, koronavirus borligini aniqlandi. Ayol bilan muloqotga kirishgan barcha darhol karantinga olindi. Quvonarlisi, atrofdagilarda hozircha kasallik alomatlari sezilmayapti. Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi “favqulodda karantin tizimi”ni ishlab chiqqan. “Air China” aviakompaniyasi bilan barcha reyslar fevraldayoq to‘xtatildi. Xitoy va Rossiyaga qarab ketgan temir yo‘l liniyalari ham yopib qo‘yildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, shimoliy koreyalik olimlar koronavirusning mamlakatga kirib kelishining oldini olish uchun daryo va ko‘llardagi suvlarni ham tekshirishga o‘tgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|