Главная » 2020 » Апрель » 3 » Koronavirus to‘g‘risida xitoycha yolg‘on
17:45

Koronavirus to‘g‘risida xitoycha yolg‘on


Bugungi kun menyusi: biz kundan-kun Xitoy qanday qilib koronavirus xavfini yashirib kelgani va bu butun dunyoga qanday talafot yetkazganin kuzatmoqdamiz

Virusli bomba xronologiyasi

Koronavirus pandemiyasi tarixini hanuzgacha yozib yotishibdi. Lekin hali boshlang‘ich bosqichida qabul qilinishi kerak bo‘lgan qarorlar biz bugun his qilib turganimiz pandemiyaning lovullash xatarini biroz bo‘lsa-da so‘ndirishi mumkin edi.

Ehtimol, siz boshida Xitoy hukumati virus insondan insonga o‘tishini rad etganini eshitgandirsiz. Avvalboshda Uxandagi shifokorlar virus odamdan odamga o‘tishini aniqlagan bo‘lsalar-da, Xitoy hukumati bunday bo‘lishi mumkin emas, deb o‘z fikrida qattiq turib olganini balki eshitmagandirsiz.

Ma’lumki, ko‘plab davlatlar, xususan AQSh va Yevropa davlatlari bunday xavf-xatarga tayyor emas edi. Dunyodagi ba’zi davlatlargina pandemiyaga tayyor bo‘lib chiqdilar.

Biz o‘zimizga faqat shu savolni berishimiz mumkin: Xitoyning to‘g‘ri va kechiktirmasdan beradigan xabari AQSh hukumati, Amerika xalqi va dunyodagi boshqa davlatlarning yaqinlashib kelayotgan zaharlanish tahdidiga nisbatan tayyorgarlik yo‘l-yo‘riqlarini o‘zgartirishi mumkinmidi?

2019 yilning oxirlari:

Koronavirus insonga yovvoyi hayvonlarning ayrim turlaridan o‘tadi. Hozirgi pallada biz bu Xitoydagi “ivigan bozor”lardan birida ro‘y berganligini taxmin qilishimiz mumkin.

6 dekabr: The Lancet nashri tadqiqotiga ko‘ra, birinchi bemorda kasallik alomati 2019 yil 1 dekabrda namoyon bo‘lgan. Besh kun o‘tib, uning ayolida pnevmoniya alomatlari kuzatilgan va u darhol yakkalab qo‘yilgan. Ayol bozorga bormagan bo‘lib chiqqan. Boshqacha aytganda, 2019 yil dekabrining ikkinchi haftasidayoq Uxandagi shifokorlar virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlaydigan bir talay holatlarni aniqlashdi.

21 dekabr: Uxan shifokorlari “noma’lum sababli pnevmoniya holatlari klasteri”ni o‘tkazishni boshlab yuborishdi.

25 dekabr: Uxandagi tibbiyot xodimi pnevmoniya bilan kasallanganlikda gumon qilinmoqda va karantinda saqlanmoqda. Bu virusning odamdan odamga yuqishini isbotlaydigan asosli dalildir.

Dekabrning oxirlarida:

New England Journal of Medicineʼga ko‘ra, Uxandagi kasalxonalar “Uxan dengiz mahsulotlari bozorlariga aloqasi bo‘lmagan kasalliklar sonining oshishi”ni qayd etishmoqda.

30 dekabr: Doktor Li Venlyan boshqa shifokorlar guruhiga xabar yuborib, ularni Kuchli o‘tkir respirator sindromini eslatuvchi kasalliklar avj olishi mumkinligidan ogohlantirdi va ularni infeksiyaga qarshi himoya choralarini ko‘rishga chaqirdi.

31 dekabr: Uxan sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lum qiladi: “Bugungi kunda tadqiqotlar infeksiyaning insonlar o‘rtasida tarqalishini ko‘rsatuvchi ochiqdan-ochiq holatlarini va tibbiyot xodimining zaharlanish holatini aniqlamadi”. Bu ikki tibbiyot xodimining virusga chalinganini va Uxandagi shifokorlarning bu boradagi qat’iy ishonchlari noto‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.

Uch haftadan so‘ng, xitoylik shifokorlar zaharlanish holatlarini qayd qilishni boshlagach, Xitoy Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan bog‘lanadi.

Tao Lina (sog‘liqni saqlash sohasida mutaxassis) South China Morning Postʼga xabar berdi: “Bizning meditsina tizimimiz, favqulodda holatlarga shayligimiz va kasalliklarni nazorat qilish tizimimizni hisobga olgan holda, aytishim mumkinki, biz hozir kasallikni uning boshlang‘ich bosqichida bartaraf etishga to‘la-to‘kis qodirmiz”.

1 yanvar: Uxan jamoat xavfsizligi byurosi doktor Li Venlyanʼni chaqirib, uni “mish-mish gaplarni tarqatish”da aybladi. Ikki kun o‘tgach, politsiya bo‘limida, doktor Li tushuntirish xati yozib, unda o‘z “aybi”ga iqror bo‘ldi va kelgusida “qonunga qarshi harakatlar”ni sodir etmaslikka so‘z berdi. Xuddi shunga o‘xshash ayb bilan tag‘in yetti kishi hibsga olindi, lekin ularning keyingi taqdiri bizga ma’lum emas.

Shu kuni, genga oid injeneriya bilan bog‘liq kompaniyaning bir xodimiga Xubey viloyati Sog‘liqni saqlash xizmati xodimidan qo‘ng‘iroq keladi va unda kompaniyaga Uxandan chiqqan yangi virus namunalarini test qilishni bas qilish va barcha mavjud namunalarni yo‘q qilish buyuriladi”.

Xitoy telefon kompaniyalari ma’lumotlariga asoslanib xabar berayotgan New York Timesʼga ko‘ra, shu kuni Uxanni 175 000 kishi tark etgan. OAG firmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 21 mamlakat Uxan bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovga ega bo‘lgan. Taqqoslash uchun: 2019 yilning birinchi kvartalida 13 267 yo‘lovchi Uxandan AQShga kelgan, yoki oyiga o‘rtacha hisobda 4 442 kishi. AQSh hukumati yana bir oy Xitoydan kelgan xorijliklarning kirishini taqiqlamadi.

2 yanvar: Uxandagi bemorlar ustida olib borilgan ilmiy tekshiruv 41 bemorning faqat 27 nafarini dengiz mahsulotlari bozori bilan bog‘ladiki, bu virusning odamdan odamga o‘tishini ko‘rsatmoqda.

Oy oxirida yozilgan tadqiqot xulosa qiladi: “Hozir mavjud dalil-isbotlar 2019-nCoV ni odamdan odamga o‘tishini tasdiqlaydi”.

Shuningdek, shu kuni Uxan virusologiya instituti virus genomi kartalarini tuzishni tamom qildi. Xitoy hukumati bu o‘pirilma haqida yana bir hafta lom-mim demadi.

3 yanvar: Xitoy hukumati virus to‘g‘risidagi har qanday xabarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiryapti: “Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi (sog‘liqni saqlash sohasidagi eng katta organ) barcha tashkilotlarga yangi virus bilan bog‘liq har qanday ma’lumotni tarqatishni man qildi va barcha laboratoriyalarga o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha namunalarni tegishli idoralarga taqdim qilishni yoki bo‘lmasam, ularni yo‘q qilishni buyurdi”.

Uxandagi ilk zaharlanish holatidan chamasi bir oy o‘tib, AQSh hukumatiga bu haqda xabar qilindi. Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Markaz direktori Robert Redfild xitoylik hamkasblaridan yangi koronavirus to‘g‘risida dastlabki hisobotlarni oladi. Bu haqda AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibi Aleks Azar xabar beradi.

Shuningdek, o‘sha kuni Uxan Sog‘liqni saqlash mahalliy komissiyasidan yana bir bayonot chiqdiki, unda yana o‘sha gaplar takrorlanib keldi: “Hozirgi vaqtda dastlabki ilmiy tekshirishlar virusning odamdan odamga o‘tishini tasdiqlovchi hech qanday belgini aniqlamadi va bugungi kungacha bironta tibbiyot xodimi virusga chalinmagan”.

4-yanvar: Bu paytda xitoy hukumati virus insondan insonga o‘tmasligini qattiq turib ma’qullayapti, lekin chet eldagi shifokorlar bunday fikrda emas. Gonkong infeksiya markazi universiteti rahbari Xo Pak Lyun ogohlantiradiki, “shahar yangi virusli pnevmoniyani monitoring qilish tizimini amalga tatbiq qilishi kerak, negaki bu virus bilan Xitoyda o‘nlab odamlar kasallangan va uning insondan insonga o‘tish ehtimoli juda kattadir”.

5-yanvar: Uxan Sog‘liqni saqlash mahalliy komissiyasi bayonot chiqardi, unda zararlanganlar soni yangilangan-u, lekin bu safar ham o‘sha gap qaytalangan: “Hozirgi vaqtda dastlabki ilmiy tekshirishlar virusning odamdan odamga o‘tishini tasdiqlovchi hech qanday belgini aniqlamadi va bugungi kungacha bironta tibbiyot xodimi virusga chalinmagan”.

6 yanvar: New York Times virus to‘g‘risidagi ilk maqolasini chop qildi, unda aytilishicha, “Uxan shahrida 59 kishi pnevmoniyaga o‘xshash kasallik bilan og‘rigan”. Maqolada mana bunday izoh ham bor edi:

“Van Linfa – Singapurdagi Dyuka Tibbiyot maktabining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi – u bilan xitoylik olimlar avj olayotgan epidemiyani muhokama qilishdan bosh tortganidan xafa bo‘lganini aytadi. Doktor Van lekin aytdiki, baribir virus odamdan odamga o‘tmaydi. “Biz vahimaga tushib qolmasligimiz kerak”, – deydi u.

Van Linfadan xafa bo‘lmaslik kerak. U noaniq ma’lumotga asoslanib bayonot berdi, unga bu ma’lumotni Xitoy hukumati bergan.

O‘sha kuni AQShning Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Markazi Xitoyga bo‘ladigan safarlarni tahdidning birinchi darajasi deb baholadi. Markaz bayonotida aytilishicha, “virusning tarqalish usuli noma’lum va Uxanga safar qiluvchilarga tirik va o‘lik hayvonlardan hamda odamlar bilan muloqotdan saqlanishni maslahat berdi”.

Shuningdek, shu kuni Kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha Markaz virusni tekshirishda yordam berish uchun bir guruh mutaxassislarni Xitoyga yuborish taklifi bilan chiqdi. Xitoy hukumati esa rad javobini berdi, lekin tarkibida ikki nafar amerikalik bo‘lgan Markaz guruhi 16 fevralda Xitoyga kelishdi.

8 yanvar: Xitoy hukumati virusni identifikatsiyalashga erishganini da’vo qilyapti. Xitoy da’vo qilishda davom etyapti va uning ortidan dunyo OAVlari ham tasdiqlashdan charchamayapti: “Yangi virus odamlar orqali oson tarqalishiga hech qanday dalil yo‘q, agar shunday bo‘lganida bu uni juda xavfli qilib qo‘ygan bo‘lardi, shuningdek u hech qanday o‘limga olib keluvchi holatlar bilan ham bog‘liq emas”.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy bayonotida aytilishicha: “Yangi virusning dastlabki identifikatsiyasi qisqa fursat ichida sezilarli muvaffaqiyat hisoblanadi va bu Xitoy yangi avj olishlarni uddalashi mumkinligini ko‘rsatadi... JSST sayohatchilar uchun aniq chora-tadbirlarni tavsiya qiladi. JSST Xitoydan chiqib ketishga nisbatan cheklov kiritmaslikni yoki Xitoyning o‘ziga nisbatan qandaydir tijoriy cheklov qo‘llamaslikni tavsiya qiladi”.

10 yanvar: Uxan virusini yuqtirgan bemorning muolajasidan keyin doktor Li Venlyanning isitmasi ko‘tariladi va u tomoq qirib yo‘tala boshlaydi. U 12 yanvarda gospitalga yotqiziladi. Keyingi kunlarda doktor Lining ahvoli yomonlasha boradi va u alohida palataga olinib, sun’iy kislorod ola boshlaydi.

New York Times Uxan Sog‘liqni saqlash mahalliy komissiyasining navbatdagi bayonotidan iqtibos keltiradi: “virusning odamdan odamga o‘tishini tasdiqlovchi hech qanday isbot yo‘q”. Bu vaqtda esa xitoylik shifokorlar virusni oila a’zolariga yuqtirishni davom ettirayotgan edi. Bu esa Xitoy hukumatining yuqoridagi rasmiy bayonotlarini inkor qilardi.

11 yanvar: Uxan Sog‘liqni saqlash mahalliy komissiyasi ma’lumotlarni yangilamoqda: “Barcha 739 nafar muloqotga kirishganlar, ularning ichida 419 nafar tibbiyot xodimlari ham bor, tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi va ularda kasallikning hech qanday belgilari aniqlanmadi... 2020 yil 3 yanvardan bu yog‘iga hech qanday yangi zararlanish holati aniqlanmagan. Bugungi kunda bironta tibbiyot xodimi mazkur virusga chalinmagan va bu, virus odamdan odamga o‘tmasligini tasdiqlaydi”. Keyin shu kuni, ular savol-javoblar varaqasini chop qilishadi va unda virus bilan bog‘liq savollarga quyidagi javoblar berilgan edi: “Uxanda qayd etilgan pnevmoniya bilan zararlangan holatlarning aksariyati Janubiy xitoy dengiz mahsulotlari bozori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir”. “Virusning insondan insonga o‘tishini tasdiqlovchi hech qanday dalil-isbot mavjud emas”.

Shu kuni Xubey viloyati siyosiy rahbarlari, ichida Uxan ham bor, mintaqaviy uchrashuvga yig‘iladi. To‘rt kunlik uchrashuvda koronavirus biron marta ham tilga olinmaydi.

13 yanvar: Tailand hukumati mamlakatga Uxandan kelgan 61 yoshli xitoylik ayolda koronavirus borligini topadiki, bu Xitoydan tashqarida virusga chalinish bo‘yicha ilk holat bo‘ldi. “Tailand Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ayol Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga bormagan va 5 yanvarda unda isitmali qaltiroq (lixoradka) paydo bo‘lgan. Shifokorlarning qat’iy fikr bildirishicha, ayol Uxandagi boshqa kichik bozorlarga borgan, u yerda ham o‘lik va tirik hayvonlar sotilgan”.

14 yanvar: Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari o‘z bayonotini e’lon qildilar va unda aytilishicha, “virusga chalinganlar bilan yaqin muloqot o‘rnatganlar orasida kasallik belgilari aniqlanmagan”. Uxan shifokorlari, bozorga bormagan birinchi bemor va uning xotiniga qarab, dekabr boshidan beri yangrab kelayotgan bu bayonotlar yolg‘onligini bilishardi.

JSST Xitoyning da’vosini takrorlayapti: “Xitoy hukumati tomonidan amalga oshirilgan dastlabki ilmiy tekshiruvlar virusning odamdan odamga o‘tishini tasdiqlovchi hech qanday belgini aniqlamadi”.

15 yanvar: Yaponiya koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat haqida xabar berdi. Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumicha, bemor Xitoydagi bironta ham dengiz mahsulotlari bozoriga borgan emas va qo‘shimcha qildiki, “bemor Xitoydagi noma’lum bir bemor bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lishi mumkin”.

Uxan mahalliy sog‘liqni saqlash komissiyasi o‘z bayonotini o‘zgartirishni boshladi: “mavjud dalillar virusning odamdan odamga o‘tishi haqida guvohlik bermaydi, lekin bunday (odamdan odamga - tarjimon) o‘tishning ayrim holatlarini mustasno qilmaslik kerak, lekin bunday o‘tishning xavf-xatari juda ham oz”.

17 yanvar: AQShning Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi va Ichki xavfsizlik departamenti e’lon qilishicha, Uxandan kelgan yo‘lovchilar AQShning uchta aeroportida koronavirus alomatlarini aniqlash tekshiruvidan o‘tadi. Bular Uxandan uchib keladigan aksariyat reyslarni qabul qiladi: San-Fransisko, Nyu-York va Los-Anjeles aeroportlari.

Uxan Mahalliy sog‘liqni saqlash komissiyasining odatdagi xabari: “Hammasi bo‘lib 763 nafar yaqin aloqada bo‘lganlar tekshirildi, shundan 665 nafarida nazorat bekor qilindi, 98 holat tibbiy tekshiruv o‘tamoqda. Yaqin muloqotda bo‘lganlar ichida bironta zararlanish holati aniqlanmadi”.

18 yanvar: AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi kotibi Azar birinchi bo‘lib prezident Tramp bilan koronavirusni muhokama qildi.

Uxanlik shifokorlar shikoyatiga qaramasdan, hukumat 40 000 oilaga yangi yil banketiga yig‘ilishga ruxsat berdi.

19 yanvar: Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lum qilishicha, virusni hali “to‘xtatish va nazoratga olish” mumkin. JSST o‘z bayonotini yangilab, shunday tasdiqni uryapti: “Bizda noma’lumligicha qolayotgan virusning qanday tarqalishi, uning klinik xususiyatlari, manbasi va tarqalish darajasi to‘g‘risida xulosa qilish uchun aniq ma’lumotlar yo‘q”.

20 yanvar: Uxan Mahalliy sog‘liqni saqlash komissiyasi oxirgi marta o‘zining kundalik monitoringida bayonot berishicha, “yaqin aloqaga kirishganlar orasida virus yuqishi holati aniqlanmadi”.

Shu kuni epidemiya avj olishi ustida ilmiy tekshiruv olib borgan Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi rahbari tasdiqlab aytishicha, Guandon viloyatidagi ikkita virusga chalinish holati odamdan odamga o‘tish bilan chaqirilgan va tibbiyot xodimi ham virus yuqtirgan.

Shuningdek, bu kuni shaharning eng mashhur gazetasi Wuhan Evening News 5 yanvardan beri birinchi marta birinchi sahifasida virusni tilga oladi.

21 yanvar: AQSh Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi Vashington shtati Snoxomish okrugida yashovchi Xitoydan olti kun avval qaytib kelgan fuqaroning koronavirus yuqtirganligi (birinchi holat) to‘g‘risida xabar beradi.

Bu paytga kelib millionlab odamlar Uxanni tark etib, butun Xitoy va boshqa mamlakatlar bo‘ylab virusni tarqatib yuborishdi.

22 yanvar: JSST Bosh direktori Tedros Gebreysus Xitoyni epidemiya bilan kurashdagi sa’y-harakatlarini olqishlashda davom etyapti: “Menda Xitoyning bu boradagi harakatlari katta taassurot qoldirdi. Men Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi hamkorligini yuqori baholayman. Uning rahbariyati, shuningdek rais Si va bosh vazir Lining kasallik avj olishini to‘xtatishdagi tadbirlari bebahodir”.

O‘tgan kunlarda JSST delegatsiyasi Uxanga o‘z tashrifini amalga oshirdi. Ular shunday to‘xtamga kelishdiki, “test uchun yangi sidralarning keng qo‘llanilishi shundan guvohlik beradiki, Uxanda virus insondan insonga o‘tadi”. Delegatsiya xabariga ko‘ra, “ularning hamkasblari qo‘l va nafas olish gigiyenasiga, oziq-ovqat mahsulotlariga jiddiy e’tibor qaratish va iloji boricha ommaviy yig‘inlardan chetlanish fikriga qo‘shilishdi”.

JSST Favqulodda komiteti yig‘ilishida guruh a’zolari “xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan sog‘liqni saqlash sohasida bu vaziyat favqulodda holat hisoblanishiga oid turli nuqtai-nazarlarni ilgari surishdi. Bu vaqtda biz shunday xulosaga keldikki, bu hodisa PHEIC protsedurasidan foydalanishga sabab bo‘lolmaydi (JSST favqulodda holat to‘g‘risida)”.

Prezident Tramp Davosdagi Xalqaro iqtisodiy forumda CNBCʼga bergan suhbatida: “Bizda hammasi nazorat ostida. Bu Xitoydan bo‘lgan bir kishi xolos. Bizda bu nazoratda. Hammasi yaxshi bo‘ladi”, dedi.

23 yanvar: Xitoy hukumati Uxanda karantin e’lon qildi. Bu vaqtga kelib, Xitoy yangi yilini nishonlash bilan bog‘liq ravishda allaqachon millionlab odamlar shaharga tashrif buyurgan va uni tark etishga ham ulgurgan edi. Singapur va Vetnam o‘zlarida dastlabki virus yuqish holati to‘g‘risida xabar berishdi. Bu vaqtga kelib millionlab xitoyliklar virus alomatlariga ega bo‘lmagan holda uni tashuvchisi sifatida mamlakatni tark etishdi.

24 yanvar: Vetnam virus odamdan odamga yuqishi haqida xabar berdi, Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh esa o‘z mamlakatlaridagi ikkinchi virus yuqtirish holati to‘g‘risida xabar berishdi. Ikkinchi holat Chikagoda qayd etildi. Ikki kun mobaynida yangi holatlar Los-Anjeles, Oranj va Arizonada qayd qilindi.

1 fevral: Doktor Li Venlyanning koronavirus uchun test topshirishi musbat natijani ko‘rsatdi. U olti kut o‘tib o‘ldi.

Va keyingi mulohazalar: 4 fevral kuni Florensiya meri Dario Nardella Italiya xalqini xitoyliklarni koronavirusga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun ularni quchoqlab bag‘riga bosishga da’vat qildi. Maqsadi ikki mamlakat xalqlarining do‘stligini mustahkamlash bo‘lgan Italiyadagi xitoy hamjamiyati – Associazione Unione Giovani Italo Cinesi a’zosi ommaviy mitingda koronavirus yuqtirgan bemorlarni hurmat qilishga chaqirdi. “Men virus emasman. Men insonman. Xurofotlarga barham beramiz”.

Tamom.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz