Главная » 2020 » Март » 21 » Koronavirus vaqtida qaysi mahsulotlar iste’moli eng foydali va zararli?
10:45

Koronavirus vaqtida qaysi mahsulotlar iste’moli eng foydali va zararli?


Koronavirus bilan bog‘liq umumiy vaziyatda aholi uchun immunitetni saqlash eng muhim omil hisoblanadi. Do‘konlardan konserva mahsulotlari o‘rniga, sabzavot, ko‘kat va mevalarni ko‘proq sotib olish zarur. Bu haqda diyetolog Darya Rusakova aytib o‘tdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, immunitetni mustahkamlash uchun tanadagi oqsil va vitaminlarni saqlash kerak. Bundan tashqari, suyuqlik ko‘proq iste’mol qilish ham foydalidir. Keksa kishilar taomida qizil go‘sht kamroq ishlatilgani ma’qul, masalan, haftada bir marta. 

Konserva mahsulotlaridan voz kechish kerak. Qayta ishlangan mahsulotlar ozuqaviy qiymatdan mahrum bo‘lgan. Shu sabab, ular iste’molidan ham uzoqlashish zarur. 

Don mahsulotlarini namlantirish, ularni 4-6 soat davomida suvda saqlash lozim, deydi shifokor. Har qanday don va yong‘oq mahsulotlarini namlantirish kerak, shunda ular ichak mikloflorasini yaxshilaydi.

Suvli olmalar ham o‘ta foydali. Ammo, diyetologning fikricha, shakardan, ayniqsa, shirin ichimliklardan uzoqlashish kerak. Qovurilgan taomlar va fastfud mahsulotlari iste’molini ham kamaytirish lozim.

“Go‘sht mahsulotlariga kelsak, buning uchun eng maqbul variant – bu kurka va tovuq go‘shtlaridir. Haftada ikki marta mol yoki qo‘y go‘shti iste’moli zarar qilmaydi”, deydi shifokor. 

Bundan tashqari, organizm uchun antioksidantlar ham juda zarur. Hujayralarni patogen omil ta’siridan himoya qilish uchun S vitamini talab etiladi. Bu vitamin esa karamda juda ko‘p miqdorda bor. Yana rux moddasi ham talab etiladi. U esa donli mahsulotlar, shuningdek, parranda go‘shtida serob.  

Ta’kidlanishicha, piyoz, sarimsoq, tarkibida oltingugurt mavjud mahsulotlar immunitet uchun juda ham foydalidir. 

"Sarimsoq tarkibida tabiiy antibiotikli allitsin mavjud, ammo bu hammasi emas. Unda oltingugurt bor bo‘lib, u tabiiy detoksifikatsiya tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Sarimsoq ta’sirida organizmdagi patologik metabolitlar to‘planmaydi, ular tanadan chiqarib yuboriladi”, dedi shifokor.

Uning tavsiya etishicha, sarimsoqni mayda qilib to‘g‘rash, keyin esa qoshiqqa solib, kuniga bir-ikki mahal iste’mol qilish zarur.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz