Koronavirusning “vodoprovod” suvidan yuqish holatlari hali aniqlanmagan. Bu haqda Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov brifing vaqtida ma’lum qildi.
“Spirtli vositalar, spirtli gellar, spirtning o‘zi ham koronavirusni o‘ldiradi. Hozirda dezinfeksiyalovchi turli vositalar ishlab chiqarilmoqda, ularning aksariyati tarkibida spirt mavjud. Spirtning viruslarni o‘ldirish xususiyati bor.
Koronavirusning “vodoprovod” suvidan yuqish holatlari hali aniqlanmagan. Chunki “vodoprovod” suvidan yuqishi uchun ana shu suv quvurlar tizimining manbasiga virus tushgan bo‘lishi kerak”, dedi Bahrom Almatov.