21:47 Koronavirus yana bir yo‘l bilan yuqishi aniqlandi | |
Xitoyda paydo bo‘lgan yangi COVID-19 (2019-nCoV) koronavirusi yopiq joyda aerozolning yuqori konsentratsiyalashuvi holatida ham yuqishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda Xitoy Sog‘liq saqlash davlat qo‘mitasi xabarida aytilgan, deb xabar bermoqda “Kyodo News”. Qo‘mitaning yangi koronavirus bo‘yicha berayotgan navbatdagi ma’lumotlariga ko‘ra, havo-tomchili va aloqa yo‘llari virus yuqishining asosiy yo‘llari hisoblanadi. Shuningdek, virus “yaqin” aloqa natijasida yuqishi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, qo‘mita nisbatan yopiq joyda uzoq muddat qolish natijasida virus yuqori konsentratsiyalashgan aerozol orqali ham yuqishini aytib o‘tgan. Yangi koronavirus Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi. Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 29 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, AQSH, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal, Ispaniya, Belgiya, Misr va Eronda aniqlandi. Virusdan bugungacha 2247 kishi halok bo‘ldi, 76 738 kishi u bilan kasallandi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi. JSST yangi koronavirusga rasman nom berdi va u COVID-2019 deb ataldi. Koronavirus bugungacha qurbonlar soni bo‘yicha 2002 yildagi atipik pnevmoniya (SARS) va 2012 yildan beri Yaqin Sharq respirator sindromini (MERS-CoV) ortda qoldirdi. SARS`dan 8096 nafar odam kasallangan, shulardan 774 nafari (o‘lim darajasi 9,6 foiz) halok bo‘lgan. MERS-CoV virusidan 2494 nafar odam kasallanib, ularning 858 (o‘lim darajasi 34,4 foiz) nafari qurbon bo‘lgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|