22:04 Koronavirus yerning "eng chekka burchagi”ga ham yetib bordi | |
Chilining Pasxa orolida koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi. Bu haqda bugun, 24 mart kuni orol ma’muriyati ma’lum qildi. Tinch okeanidagi Pasxa oroli dunyodagi odam yashaydigan eng uzoq orol hisoblanadi. Unga juda ham yaqin bo‘lgan qit’a – Janubiy Amerika, oroldan 3 514 kilometr masofada joylashgan. Eng yaqin aholi yashaydigan Tinch okeanidagi yana bir orol, Pitkern esa Pasxa orolidan 2075 kilometr uzoqlikdadir.
Orol ma’murlari koronavirus tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqda. Odamlarga bir metrdan kam masofada yaqinlashmaslik, yo‘talish yoki aksirish paytida og‘zini qo‘l bilan yopish, shuningdek, qo‘llarini tez-tez yuvish tavsiya etilmoqda. Ma’lumot uchun, Pasxa butun orol bo‘ylab joylashgan tosh haykallari bilan dunyoga mashhur. Orol UNESCO tomonidan butunjahon merosi sifatida ro‘yxatga olingan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|