13:21 Koronavirus yuqqanini qanday bilish mumkin? | |
Bu borada sizlarga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tarqatgan ma’lumotlar asosida quyidagi post orqali soddaroq tushuntirishga harakat qilaman. COVID-19 kasalligining o‘ziga xos ajralib turadigan alohida belgisi yo‘q. U ba’zan hech qanday simptom hosil qilmasligi ham mumkin, lekin odatda shamollashga o‘xshash belgilar bilan yuzaga keladi. Hozirgacha 550 mingga yaqin virus yuqtirgan odamlarni kuzatib JSST kasallikning quyidagi belgilarini xabar beradi. Belgi to‘g‘risidagi foiz - umumiy kasallanganlarning necha foizida shu belgi kuzatilganini bildiradi. - isitma - 87,9% Mana shu belgilar borligi sizda aniq koronavirus bor degani emas, bu belgilar boshqa holatlarda ham kuzatilishini hisobga oling. Lekin shu belgilar kuzatiladigan bo‘lsa og‘iz burningizni maska bilan to‘sib, o‘zingizni boshqalardan izolyasiya qilib, yashash joyingizdagi sog‘liqni saqlash tizimiga xabar bering. Xitoyda ham bu belgilar bilan kasalxonaga mln dan ortiq odam murojaat qilgan, test qilingach ularning akariyatida virus aniqlanmagan. Shu bois vahimaga berilmang, o‘zingizni ehtiyot qiling.
Manba: "sof.uz"
| |
|