19:40 Koronavirusdan himoya: qaysi niqob turi yaxshi? | |
Xitoyda koronavirus balosi tarqalganidan beri har kim virusdan himoyalanish yo‘llarini qidirmoqda. Kimlardir oddiy tibbiy niqobini kiysa, yana kimlardir respirator niqoblarini taqib yuribdi. Xo‘sh, ularning qay biriga ishonish kerak? Tibbiy niqoblar yordam beradimi? Uzoq yillar niqobning bu turi jarrohlikda, jarrohlar tomonidan taqib kelingan. Bu holatda bemorga havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan infeksion kasalliklarning yuqish xavfi kamaygan, tibbiyot xodimlarining yuzini esa operatsiya vaqtida biologik suyuqliklarning sachrashidan himoyalagan. Tibbiy niqoblar samarali himoyani faqatgina ikki soat davomida ta’minlab beradi. Ammo ular ham mustahkam darajadagi ishonchli himoyani va’da qila olmaydi. Negaki, virus organizmga faqat burun-og‘iz orqaligina emas, ko‘z shilliq pardasi, teridagi jarohatlar, kir qo‘llar orqali ham tushadi. Oddiy tibbiy niqoblarni taqishda, albatta, himoya ko‘zoynaklarini taqish kerakligini unutmaslik lozim. Qo‘llar bilan yuz a’zolariga teginish umuman mumkin emas. Eng ishonchlisi respirator niqoblar
FFP2 turidagi respiratorlar esa zaharli moddalarni 94 foizgacha tutib qolish xususiyatiga ega. Ular zaharli moddalardan yaxshi himoyalaydi. Havoda xavfli kanserogen changlar, tutun va aerozollar mavjud yerlarda ham ishonchli. Ularni gripp kabi virusli infeksiyalardan saqlanish uchun ham taqish mumkin.
FFP3 turidagi respirator niqoblar ichida eng ishonchli va samaralisi hisoblanadi. Ular havodagi zaharli moddalarni 99 foizga tutib qola oladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|