21:34 Koronavirusdan kasallanish qachon kamayishi aytildi | |
May oyining boshida dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni maksimal darajaga yetadi. May oyining oxirida ba’zi cheklovlar olib tashlanishi mumkin. Bu haqda turk pulmonologi, Istanbul universiteti tibbiyot fakulteti professori Zeki Kilichaslan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya dunyoda iqtisodiy va ijtimoiy inqirozni keltirib chiqaradi. Ko‘plab davlatlar hozirda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning yordamiga muhtoj va uning nazorati ostida inqirozga qarshi dasturlarni amalga oshiradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan kasallanganlar 27 069 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 574 nafari vafot etgan, 1 042 nafari esa sog‘aygan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|