20:26 Koronavirusdan kasallanishni sekinlashtiruvchi dori yaratildi | |
Polsha olimlari koronavirus infeksiyasini sekinlashtiradigan dori ishlab chiqilganini e’lon qildi. Yagelloniya universiteti olimlarining ta’kidlashicha, bu vaksina tayyorlash yo‘lidagi ilk qadam hisoblanadi.
Preparat HTCC deb ataldi. Hali ushbu dorini odamlarda sinab ko‘rishga ruxsat berilmagan. Ma’lumot uchun, HTCC – qisqichbaqalar yoki qo‘ziqorinlardan olingan aralashma asosida yaratilgan. Tadqiqotchilar ushbu dori virusning "tojini" tashkil etuvchi boshoqsimon oqsilga bog‘lanib, uning odam hujayrasi retseptorlari bilan o‘zaro ta’sirini blokirovka qiladi. Natijada, virus hujayraga kirib borishi qiyinlashadi. Eslatib o‘tamiz, COVID-19 kasalligini qo‘zg‘atuvchi SARS-CoV-2 virusi va uning odam hujayrasiga qanday kirib borishi haqida ma'lumot bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|