15:35 Koronavirusdan sog‘ayganlar kasallikka qarshi emlanishi mumkinmi? | |
Hozirgi vaqtda kelib dunyo bo‘yicha koranavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 27 millonga yaqinlashdi. Mazkur virus orqali 879 028 kishi bu hayotni tark etgan bo‘lsa, 18 million 910 430 nafar bemor kasallikni yengib, sog‘lom hayotga qaytgan. Hozirda ushbu virusga qarshi vaksinani o‘ylab topishda qator mamlakatlar bosh qotirmoqda. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva virusdan sog‘ayganlarni vaksina bilan emlash zarur emasligini ma’lum qildi. Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi ilmiy tekshiruvlar koronavirus bilan og‘rib tuzalgan bemorlar vaksina olishi shart emasligini tasdiqlagan. Kasallikdan sog‘aygan bemorlar qonida antitanachalar mavjudligini tekshirish lozim. Agar COVID-19 ga qarshi antitanachalar mavjud bo‘lsa, u holda emlash zarur bo‘lmaydi. Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2021 yil o‘rtalarigacha butun dunyo mamlakatlariga koronavirusga qarshi vaksinalarni katta miqdorda yetkazib berilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|