21:46 Koronavirusga qarshi: "Rossiya ssenariysi" qanday? | |
Rossiyada koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qulay ssenariyga asoslangan, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko brifingda. Uning so‘zlariga ko‘ra, "kiritilgan chora-tadbirlar haqiqatan ham bemorlarning ahvoliga ta’sir ko‘rsatdi". Murashko shuningdek, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirishga chaqirdi. "Bugungi kunda organizmning kuchsizlanib ketmasligi uchun bu juda muhim chora", dedi u. Shuningdek, vazir koronavirusga chalinmaslik uchun immunitetini saqlab qolish birlamchi ekanligini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, 3 aprel kuni Bosh vazir Mixail Mishustin Rossiyada koronavirus tarqalishining eng yuqori darajasi hali o‘tmaganligini aytdi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|