Главная » 2020 » Апрель » 3 » Koronavirusga qarshi vaksina sinovining dastlabki natijalari e'lon qilindi
13:00

Koronavirusga qarshi vaksina sinovining dastlabki natijalari e'lon qilindi


Amerikalik tibbiyot xodimlari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinaning dastlabki sinovlari natijalarini e'lon qilishdi. Ko‘rsatkichlar umidli deb aytilmoqda, ammo olimlarning oldinda qiladigan ishlari hali ko‘p.

EBioMedicine ilmiy jurnali sinovlarning dastlabki natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, yangi vaksina laboratoriya sichqonlarida SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi antitana hosil qilgan.

«Bizda SARS atipik pnevmoniyasi va MERS bezgaki bilan ishlash tajribasi bor. Ularning ikkalasi ham SARS-CoV-2 qarindoshi hisoblanadi. Ularni o‘rganish jarayonida virus qobig‘idagi S-oqsillardan biri immunitet hosil qilish uchun muhimligini aniqladik. Aytish joizki, yangi virusga qarshi qanday kurashishni oldindan bilardik», – dedi tadqiqot mualliflaridan biri, Pitsburg universiteti (AQSh) dotsenti Andrea Gambotto.

So‘nggi oyda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi olimlar yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinalar sinovi boshlanganini e'lon qilishdi. Ularning bir qismi hayvonlarda tajriba o‘tkazayotgan bo‘lsa, boshqa qismi ko‘ngillilarda sinab ko‘rmoqda. Bu preparatlarning ko‘pchligi inson hujayralarini SARS-CoV-2 oqsillarini ko‘plab miqdorda sintez qilishga majburlaydigan virusning RNK fragmentlariga asoslangan.

Gambotto so‘zlariga ko‘ra, bu nisbatan yangicha yondashuvdir va uning samarasi hali to‘liq ravshan emas. Shu sababli Pitsburg universiteti olimlari ko‘p mehnat talab qiladigan, ammo sinalgan usulni qo‘llashdi. Ular virusning tayyor S-oqsillari fragmenti asosida vaksina ishlab chiqishdi. Virus insonning o‘pkasi hujayralariga kirish uchun aynan shu oqsildan foydalanadi.

Uni ishlab chiqish uchun olimlar S-oqsilni ko‘plab miqdorda yetishtiradigan maxsus hujayralarni o‘stirishdi, shuningdek, ularni inson vujudiga kiritadigan maxsus tizimni, ko‘plab nanoignalardan iborat plastirni yaratishdi. Bu tizim teriga optimal chuqurlikda kirib, erib, vaksinani ishga tushiradi va immunitet bilan hamkorlikda ishlashga majbur qiladi.

Olimlar bu plastirlarni bir necha laboratoriya sichqonlarida sinovdan o‘tkazishdi. Vaksina teriga kiritilganidan 2 hafta o‘tgach, sichqonlarning immuniteti juda katta miqdorda antitana ishlab chiqara boshladi. Ular virusning qismlariga birlashgan holda zararsizlantira boshladi.

Olimlar hozircha kemiruvchilarni haqiqiy koronavirus bilan zararlashga urinib ko‘rmaganini qayd qilishmoqda. Ammo avvalgi tajribalar MERS virusiga qarshi ishlatilgan aynan shunday vaksina hayvonlarni SARS-CoV-2 virusi hujumidan 1 yil davomida himoyalashi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 

Yaqin orada Gambotto va uning hamkasblari shunday sinovlarni boshlashni, shuningdek, agar AQSh hukumati ruxsat bersa, ko‘ngillilarda dastlabki klinik sinovlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Olimlar bu choralar orqali samarali vaksinani odatdagidek 1,5 yil ichida emas, balki bir necha oylarda yaratilishiga umid qilishmoqda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz