08:48 Koronavirusga tekshiruvdan o‘tish tartibi ma'lum qilindi | |
Koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tish uchun avvalo infeksionist ko‘rigidan o‘tish kerak. Terapevt-infeksionist ko‘rigidan o‘tgan kishida kasallik alomatlari bo‘lsa va epidemiologik ko‘rsatma berilsa, uni koronavirusda gumon qilib tekshirish mumkin.Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri. «Agar ko‘rik paytida koronavirus belgilari bo‘lmasa hamda o‘sha odam boshqa kasallar bilan muloqotda bo‘lmagan bo‘lsa, tekshiruv maqsadga muvofiq emas. Tekshiruvdan o‘tkazish mumkin, qachonki, ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda», – dedi Almatov. Uning aytishicha, xususiy davolash muassasalarida hozircha bu kabi tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilmagan. «Xususiy davolash muassasalarida koronavirusga tekshirish maqsadga muvofiq ham emas. Chunki bu – yuqumli kasallik. Shuning uchun, fuqarolarimiz o‘zining sog‘lig‘ini nazorat qilsa, bu o‘zi uchun foyda», – dedi O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya vrachi. Eslatib o‘tamiz, koronavirusning asosiy to‘rtta belgisi quyidagilardir: – Isitma – Yo‘tal, aniqrog‘i quruq yo‘tal – Nafas olishning qiyinlashishi. Bu – aynan koronavirusga xos. – Xorijga chiqib kelganlik yoki xorijda bo‘lib qaytgan odamlar bilan aloqada bo‘lganlik.
Manba: "kun.uz"
| |
|