15:21 Koronavirusni davolash narxi ochiqlandi | |
Koronavirus bilan kasallangan fuqarolarni davolash paytida kasalxonaning statsionarida qolish narxi, agar bu jiddiy shakl bo‘lsa, kuniga 200 ming rublga yetadi (24,6 million so‘m). Bunday qiymatni Sankt-Peterburg gubernatori o‘rinbosari Yevgeniy Yelin tayinladi, deb yozadi Fontanka. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning yengil shakli aniqlangan bemorga shahar byudjetidan kuniga 60 ming rubl (7,4 million so‘m), o‘rtacha shakldagi bemorga esa 140 ming rublga (17,2 million so‘m) tushadi. Yelin ta’kidlashicha, og‘ir shaklda davolanishning eng kam muddati - to‘rt hafta, bu besh million rubldan (617 million so‘m) ko‘proq mablag‘ sarflash kerakligini anglatadi. Xitoylik olimlarning aniqlashicha, COVID-19 kasalligi bo‘lib o‘tgan bemorlarda immunitet rivojlanadi, ammo ba’zi bemorlarda tiklanishdan keyin o‘pka funksiyasi 20-30 foizga zaiflashadi. O‘pka fibrozining rivojlanishi natijasida boshqa kasallikning kuzatilishi mumkin.
Manba: "sof.uz"
| |
|