11:47 Koronavirusni ikkinchi marta yuqtirib olish mumkinmi? Virusolog fikri | |
ovid-19’ni qayta yuqtirish holatlari haqidagi ma'lumotlar Xitoyning Uhan shahri bilan bog‘liq. 18 martdan 22 mart kuniga qadar mamlakat ichida virus yuqtirish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilmadi. Bu koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha katta ahamiyatga ega bo‘ldi va dunyoning boshqa davlatlari tomonidan karantin choralari samarasini tasdiqlovchi misol bo‘lib xizmat qildi. Biroq NPR nashrining yozishicha, Uhan aholisining avval koronavirus bilan kasallangan bir qismi testdan o‘tkazilganida ularda virusni yuqtirish holati aniqlangan.Shahardagi ba'zi karantin muassasalarining ma'lumotlariga qaraganda tuzalganlarning 5-10 foizi SARS-CoV-2 bilan zararlangani aniqlandi. Bemorlarning ayrimlari belgilarsiz tashuvchilar bo‘lib chiqdi. Bu CoVID-19 belgilari namoyon bo‘lmasligi, lekin boshqalarni zararlashi mumkinligini anglatadi. Shu sababli ba'zi mutaxassislar Uhanda virus tarqalishining avj olishi yakunlanmagan deb hisoblashmoqda. Testning ikkinchi marta ijobiy chiqishi virus takroran yuqtirilishini anglatadimi? Virusologlar buning ehtimoli juda kam deb hisoblashmoqda. Biroq buni aniq bilish uchun ma'lumotlar yetarli emasligi, juda kam vaqt o‘tgani haqida ogohlantirishmoqda. Ana shu noaniqlik va haqiqiy «infodemiya»ni hisobga olib, internetda feyk ma'lumotlar tarqaldi. Ularga qarshi kurashish uchun RA Capital Management Boston investitsion firmasi ta'sischilaridan biri va rahbari, virusolog Piter Kolchinskiy o‘z tvitterida bu boradagi qiziqarli fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Kolchinskiy buni 3ta narsa bilan tushuntirish mumkin deb hisoblaydi. 1) Bemorlar haqiqatan ham tuzalishgan va organizm virusdan tozalanish jarayonida bo‘lishi mumkin. Bu asta-sekinlik bilan sodir bo‘ladi. Chunki immun tizimi har bir zararlangan hujayra va muayyan virus zarrachalarini «ovlaydi». Shuning uchun, tuzalayotganda organizmda virusning ayrim qismlari mavjud bo‘lishi mumkin. 2) Testlar virusli irsiy materialni aniqlash uchun haddan tashqari sezgir bo‘lishi mumkin. Natijada bu immun tizimining virusni yenggan noinfeksion qo‘shimcha mahsuloti bo‘lsada, uni aniqlay olgan. 3) Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, testlar yolg‘on ijobiy natija berishi ham mumkin. Buning sababi surtma materialning yetarli miqdorini to‘play olmagani yoki to‘g‘ri qayta ishlanmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ijobiy chiqqan keyingi takroriy test yangi emas, avvalgi infeksiya haqida guvohlik berishi mumkin. Kolchinskiyning fikriga ko‘ra, Covid-19’ni qayta yuqtirib olish haqidagi mish-mishlar tuzalgan bemorlarning virusni haqiqatan ham ikkinchi marta yuqtirib olganini anglatmasligi kerak. Virus materialining hatto past darajasi ham u boshqalar uchun yuqumli ekanini anglatadi. Biroq koronavirusni qayta yuqtirib olishga virusologning shubha bilan munosabatda bo‘lishining asosiy sababi olimlar virus va tuzalish haqida yetarli ma'lumotga ega. Bemorlar kasallikni immun tizimi yordamida yengib o‘tishdi. Yuqori konsentratsiyadagi virusni yenggan immunitet boshqa tashuvchilardan kelgan har qanday kam miqdorini osonlik bilan yengadi. Immunitetning ishlashiga oid ma'lumotlarga tayangan holda Kolchinskiy Covid-19’ni qayta yuqtirib olish holatlari haqidagi xabarlarni testning mukammal emasligi bilan bog‘lamoqda. Vaziyat shundayki, yangi koronavirus insoniyat uchun shokka aylandi. U o‘zini fanga ma'lum bo‘lmagan tarzda tutyapti. Shuning uchun yangi virus haqidagi ma'lumotlarni rasmiy manbalar, masalan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti saytidan olish zarur.
Manba: "kun.uz"
| |
|