11:30 Koronavirusni yenggan birinchi mamlakat nomi e’lon qilindi | |
Afrikaning Mavritaniya mamlakati koronavirus epidemiyasini yengganini ma'lum qildi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib mahalliy «Le Calame» nashri bu haqda xabar berdi. Oxirgi bemor 9-aprel kuni aniqlangandi. «Worldometers» ma'lumotiga ko'ra, mamlakat bo‘yicha jami 7 kishida koronavirus aniqlangan va shulardan bir nafari vafot etgan. Qolgan barcha bemorlar sog‘ayib ketgan. Yashin tezligida ko‘rilgan choralar sabab Mavritaniya koronavirus keng tarqab ketishining oldini oldi: kasallik birinchi marta aniqlangan 13-martdan boshlab chegaralar yopildi, yig‘ilishlar, maktablar, restoranlar va bozorlar faoliyati to‘xtatildi. Kechalari komendantlik soati deb e’lon qilinib, shaharlararo qatnovlar to‘xtatildi. Garchi koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan bo‘lsa ham, Mavritaniya doimiy ogohlikni yo‘qotmasligini ma’lum qilgan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|