Главная » 2020 » Апрель » 4 » Koronavirusni yuqtirgan ahvoli og‘ir bemorlarda “dahshatli holat”lar kuzatilmoqda
17:30

Koronavirusni yuqtirgan ahvoli og‘ir bemorlarda “dahshatli holat”lar kuzatilmoqda


Amerikalik shifokorlar ba’zi og‘ir bemorlarda miyaning ishdan chiqishi, xotira chalkashligi, insult va tutqanoq kabi holatlarni qayd etishdi, deb yozadi “New York Times”. 

Eng yomoni, ushbu kuzatishni boshqa mamlakatlardagi shifokorlar ham tasdiqlashdi.

Infeksiyalangan odamlar nafas qisilishi, yo‘tal va isitma bilan og‘rishadi,  va bu miyaga yetarlicha havo yetib bormasligiga ta’sir qiladi. Ayniqsa, koronavirus og‘ir kechayotgan bemorlarda miyaning ishdan chiqishi kuzatiladi. Aynan shu ta’m va hid bilishning pasayishiga olib keladi, yurak muammolari kuzatiladi.

Bunday xulosalar birinchi marta virus tarqalgan Uxandagi shifokorlar tomonidan ham qayd etilgan edi.

Amerikalik nevrolog Eliss Forining so‘zlariga ko‘ra, kamdan-kam hollarda virus miyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borishi mumkin. Bu masalada amerikalik mutaxassislarning kuzatuvlari italiyalik shifokorlarning xulosalari bilan bir xil. Ularning barchasi qon tomirlari, konvulsiyalar, ensefalopatik alomatlar, qo‘llar va oyoqlarning insonga bo‘ysunmasligi kabi yangi va xavfli alomatlarni qayd etishdi.

Breshiada (Italiya)gi kasalxonada hatto “NeuroCovid” bo‘limi ochildi. U yerda nevrologiya muammolari bo‘lgan odamlarni davolashadi. Ammo, shifokorlarning ta’kidlashicha, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning aksariyatida bunday muammolar bo‘lmaydi.

Biroq, nevrolog Robert Stivensonning kuzatuvlari shuni ko‘rsatdiki, yakuniy xulosa uchun dalillar juda kam. Ushbu alomatlar qondagi kislorodning past darajasini ko‘rsatishi ham mumkin ekan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz