23:11 Koronavirusni yuqtirgan eng keksa ayol tuzaldi | |
Bugun Xitoyning Chjetszyan provinsiyasi shifoxonasidan koronavirusni yuqtirgan 96 yoshli bemor tuzalib, uyiga ketishga ruxsat berildi, deya xabar berdi mahalliy «CGTN» telekanali. «Koronavirus bilan og‘rigan 96 yoshli bemor ayol Chjetszyan universiteti tibbiyot kolleji qoshidagi shifoxonadan tuzalib chiqdi. U Xitoy sharqidagi Chjetszyan provinsiyasida koronavirusni yuqtirgan eng keksa bemor hisoblanadi», — deyiladi telekanal xabarida.
Manba: "xabar.uz"
| |
|