23:04 Koronavirusning davosi topilganga o‘xshaydi! | |
Tailandlik shifokorlar yangi aniqlangan koronavirus bilan kurashishning yangicha usulini o‘ylab topishdi. Ular oddiy antivirus preparatlarni OITS terapiyasida qo‘llaniladigan dorilar bilan aralashtirishdi. Bu haqda Reyter xalqaro agentligi muxbiri xabar qilmoqda. Davolashning yangi usuli Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, bunday kokteyl iste’molidan keyin, hatto, og‘ir bemorlarning ham ahvoli 48 soat ichida yaxshilangan. Davolanishning ushbu yangicha usuli Bangkok shifoxonalaridan birida sinab ko‘rildi. Shundan keyin bir nechta bemorlar ahvoli o‘nglangan. Ayrim bemorlardan birida esa allergiya reaksiyalari paydo bo‘lgan bo‘lsa ham shifokorlarning aytishicha, ularning ahvoli sezilarli yaxshilangan. Davolash formulasi OITSga qarshi terapiyada qo‘llaniladigan lopinavir va ritonavir dorilarining katta dozadagi virusga qarshi oseltamivir preparati bilan kombinatsiyalashuvchidan iborat. Koronavirusni davolashda bu usulni qo‘llash amaliyotda hali yangi emas. O‘tgan hafta Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligida ham lopinavirus va ritonavirusni qo‘llash taklifi berilgan edi. Qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak “Biz xalqaro qabul qilingan amaliyotlarga amal qildik. Bizning shifokorlar dorilardan birining dozasini oshirishdi”, deb izoh keltiradi Tailand Sog‘liqni saqlash xizmati departamentining direktori Somsak Akkslim. Yangi davo ahvoli og‘ir bemorlargagina qo‘llaniladi Tailandning o‘zida koronavirusdan zararlangan 19 ta holat ro‘yxatga olingan. Bemorlardan sakkiz nafari butunlay sog‘ayib, shifoxonadan chiqib ketishgan. Qolgan 11 nafari esa shifokor nazoratida turibdi. “Hozircha topilgan yangi davo usulini hamma bemorlarga birdek qo‘llashga erta. Uni ahvoli og‘ir bemorlargagina qo‘llash mumkin”, deydi Akkslim.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|