09:57 Kozim To‘laganov lavozimidan ozod qilindi | |
Kozim To‘laganov qurilish vazirining o‘rinbosari – Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatining hokimi bo‘lgan Kozim Nosirovich To‘laganov 2018 yilda Qurilish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi. Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|