22:06 Kun davomida 77 nafar bemor shifo topdi | |
Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 42 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. Shunday qilib, bugun kun davomida 77 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Kasallikdan forig‘ bo‘lgan bemorlarning barchasi poytaxtimizdagi davolash muassasalarida shifo topishgan. Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4096 nafarga yetdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|