15:04 Lab bo‘yog‘i xaridi borasidagi shingil maslahatlar | |
Ayollar umri davomida 5 kilogrammgacha lab bo‘yog‘ini yeb yuborishlarini mutaxassislar allaqachon isbotlaganlar. Biroq shunga qaramay xonimlar ushbu vositasiz pardozlarini yakunlagan hisoblamaydilar. Demak, lab bo‘yog‘i tanlaymiz! 1. Sifatli lab bo‘yog‘i quyidagi xususiyatlarga ega: labni yaxshi namlantiradi, tortishtirmaydi, quritib yubormaydi, quyosh nurlari ta’sirida erishni boshlamaydi, yoqimli ifor taratadi yoki umuman hidi bo‘lmaydi. Shuningdek, labga bir tekis surtiladi, rangi uzoq saqlanadi. 2. Qadoqda ko‘rsatilgan bo‘yoq rangi har doim ham ichidagisi bilan bir hil bo‘lavermaydi. Shuning uchun lab bo‘yog‘i sizga mos kelish yoki kelmasligini bilish uchun qo‘lning orqa qismiga surtib ko‘ring. Yoki maxsus namuna vositasidan surtib ko‘rishdan hech tortinmang. Do‘konlarda yorug‘lik juda yuqori bo‘lganligi sababli, erinmasdan lab bo‘yog‘ini deraza oldiga olib borib ko‘ring, shunda adashmaysiz. 3. Lab bo‘yog‘i tanlayotganda uning tarkibiga alohida ahamiyat bering. Har bir lab bo‘yog‘i tarkibida bo‘yoqlar, mum va tabiiy moylar bo‘ladi. Shuningdek, tarkibida zaytun, kastor moyi va vazelin, kollagen, Ye, A va S vitaminlari mavjud lab bo‘yog‘ini tanlasangiz adashmaysiz. 4. Pushti, binafsharang, och jigarrang va reza meva rangli lab bo‘yoqlari oq yuzli va yorqin sochli ayollarga yarashadi. Qora soch qora ko‘zli sanamlarga esa yorqin rangdagi: qizil, binafsharang, qo‘ng‘ir lab bo‘yoqlari juda mos. Qorachadan kelgan go‘zallarga esa shokoladrang, lavlagirang lab bo‘yoqlarini surtish tavsiya etiladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|