10:04 Lola Islomovnaga «Karimova» familiyasi ortiqchalik qilyaptimi? | |
O‘zbekistonning birinchi prezidenti marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva o‘ziga taxallus tanladi. Endi u ingliz tilida yozadigan maqola va tadqiqotlarini «Lola Till» imzosi bilan chop etadi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi cahifasi orqali ma’lum qildi. Islom Karimov vafotidan so‘ng Lola Karimova-Tillayeva eri va uch nafar farzandi bilan AQShdan qo‘nim topib, o‘sha yerda tinch va farovon yashamoqda. Karimova-Tillayeva oilasi okean ortida bir nechta qimmatbaho ko‘chmas mulklarga egalik qiladi. Kichik Karimova 2017-yildan beri O‘zbekistonga kelgani yo‘q. U hatto otasining vafotiga yil to‘lishi bilan o‘tkazilgan turli tadbirlarda ham ko‘rinish bermagandi. Uning opasi Gulnora Karimova esa sodir etgan qator jinoyatlari uchun qamoq jazosini o'tamoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|