17:10 Lola Karimova: Abdulla Oripov zamonamizning Navoiysi edi... | |
Lola Karimova-Tillayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va o‘zbek xalqiga hamdardlik izhor etdi. “O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Kuni kecha xalqimiz o‘zining yana bir ulug‘ farzandidan ajradi.. Abdulla Oripov bizning g‘ururimiz, fahrimiz edilar. Bu insonning she’rlari bilan katta bo‘ldik, ulg‘aydik, tarbiya oldik. Yoshligimizdan bizni ezgulik tomon o‘z she’rlari bilan yetaklab borgan sevimli shoirimiz edilar. Shoirning ‘Xayr endi’, ‘Yolg‘izlik’, ‘Savob’, ‘Qassam darra’, ‘Onajonim’, ‘Dunyoni qizg‘anma’, ‘Sen Pushkinning sevgan malagi...’, ‘Bahor’ kabi she’rlari, ‘Jannatga yo‘l’ kabi poemalari xalqimiz qalbini abadul abad zabt etdi. Abdulla Oripov jisman o‘limga taslim bo‘ldi, lekin uning she’rlari o‘lmasdir, ular hech qachon, yuz yillar o‘tar, ming yillar o‘tar, o‘limga taslim bo‘lmagaylar, demak Abdulla Oripov bizning qalbimizda, kelajak avlodimiz qalbida mangu yashaydi. U zamonamizning Navoiysi, Abdulla Qodiriysi edi. Abdulla akaning oilalariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Joylari jannatdan bo‘lsin. Ohiratlarini mehribon Parvardigor obod qilsin”,—deb yozadi Lola Karimova. Lola Karimova o‘z hamdardlik so‘zlariga Abdulla Oripovning quyidagi so‘nggi ijod namunalaridan birini ham ilova qildi: O‘zbek osmonida so‘ndi cho‘ng yulduz,
Manba: "darakchi.uz"
| |
|