23:13 Lola Karimovaning ilk kitobi nashrdan chiqdi | |
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Lola Karimova-Tillyayevaning ilk kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda xonim Karimova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi. Kitob “Be Your Own Harmonist: Awakening Your Inner Wisdom for Physical, Mental and Emotional Wellbeing” deb nomlangan. U ingliz tilida nashr etilgan.
Qayd etilishicha, kitobni "Amazon" internet do‘koni orqali xarid qilish mumkin. Ma’lumot o‘rnida, Lola Karimova Islom Karimov vafotidan keyin O‘zbekistonni tark etgan. U turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev va farzandlari bilan AQSHda yashamoqda. Karimova yaqinda "Harmonist" attorlik mollari brendi o‘ziga tegishli ekanini ma'lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayevga tegishli bo‘lgan Los-Anjelesdagi 3 ta villa 18,9 million dollarga sotuvga qo'yildi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|