13:17 Maktablardagi yakuniy imtihonlar masalasiga oydinlik kiritildi | |
Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maktablarda yakuniy imtihonlar bo‘yicha savolga javob qaytardi. «Joriy yilda ham o‘tgan yildagi kabi maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi, degan savolga, yo‘q bekor qilinmaydi. Bu yil barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz», — dedi XTV matbuot kotibi. Imtihonlar o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi. Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, imtihonlar o‘quv yili yaunlanganidan so‘ng, ya’ni 25-maydan keyin o‘tkaziladi. Har bir maktabda imtihonlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin imtihon o‘tkazish jadvali barcha uchun ko‘rinadigan joyiga osib qo‘yiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|