19:56 “Manchester Yunayted” sobiq ikki murabbiyi uchun qancha sarflandi? | |
“Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsher va Ralf Rangnikga 24,7 million funt tovon to‘ladi. Sulsher o‘tgan yilning noyabrida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi. Bundan to‘rt oy oldin norvegiyalik sobiq futbolchi klub bilan yangi 3 yillik shartnoma imzolagan, shu munosabat bilan “Manchester Yunayted” unga katta jarima to‘lashi kerak edi. Rangnik Sulsher iste’foga chiqarilganidan so‘ng mavsum oxirigacha MYuni boshqardi. Mavsum oxirida u ikki yil davomida “Yunayted” maslahatchisi bo‘lishi kerak edi. Biroq, keyin Rangnik Avstriya terma jamoasida ishlash taklifini qabul qildi, shu sababli MYu rahbariyati uning maslahatchi sifatidagi xizmatlaridan voz kechdi. Umuman olganda, Solsher va Rangnik 24,7 million funt sterling tovon puli oldi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|