21:23 Mandarin po‘stlog‘i: Undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? | |
Qanday foydalari bor? 1. Mandarin talqonidan choy damlashda ozgina qo‘shilsa, u yoqimli hid beradi. 2. Pishiriqlarga qo‘shish mumkin. 3. Go‘sht uchun o‘ziga xos ziravor vazifasini bajaradi. 4. Shamollab qolganda damlab ichilsa, juda foydali. Shamollashga qarshi damlamani tayyorlash juda oson: 1 oshqoshiq mandarin talqoni bilan 1 stakan suv 5 daqiqa qaynatiladi va 2 soat o‘rab, dimlab qo‘yiladi. Har safar ovqatdan oldin bir-ikki qoshiqdan ichilsa, tez ta’sir ko‘rsatadi. 5. Yuzni yoshartiruvchi niqob tayyorlash mumkin: talqon, qaymoq va tuxum sarig‘i 1 choyqoshiqdan solinib aralashtiriladi va yuzga suriladi. 5 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi. 6. Har kuni ertalab mandarin talqoni solingan suvda yuz yuvilsa, tozalovchi kremlardan ham yaxshi ta’sir qiladi. 7. Mandarin po‘chog‘ining o‘zi kuyalarga qarshi samarali vosita. Uni shunchaki javonning u yer, bu yeriga qo‘yilsa, bas. 8. Mandarinning quritilgan po‘choqlari choyshab, yostiq jildlari, ichkiyimlar orasida saqlansa, kiyimlardan ajoyib hid taraladi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|