Главная » 2023 » Март » 11 » Mannopov vafot etgan vaqtincha “Star Med” yopildi. SSV o‘lim tafsilotlarini ochiqladi
18:24

Mannopov vafot etgan vaqtincha “Star Med” yopildi. SSV o‘lim tafsilotlarini ochiqladi


“Mittivine” taxallusi bilan ijod qilgan bloger Farhod Mannopov vafot etgan Toshkentdagi “Star Med Center” klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Litsenziyalash, akkreditatsiyalash va tibbiy turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Jaloliddin Asamutdinov QALAMPIR.UZ surishtiruviga ko‘ra javob berdi. 

Unga ko‘ra, dastlabki o‘rganishlarda aniqlanishicha, bemor Farhod Mannopov joriy yil 3 mart kuni Toshkent shahridagi “Star Med Center” klinikasiga burundan nafas olishning qiyinlashuvi, vaqti-vaqti bilan bosh og‘rig‘i shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

Marhum klinikaga kelishidan bir kun avval cho‘milish payti peshona va burun sohasi bilan suzish havzasi devoriga urilgan va jarohat olgan. O‘tkazilgan laborator tahlillar va MSKT tekshiruvlaridan so‘ng unda burun to‘sig‘ining qiyshayishi, gaymor bo‘liqlari giperplaziyasi, o‘rta va pastki burun chig‘anoqlari giperplaziyasi aniqlangan.

Shundan so‘ng bemorning roziligi bilan unda tegishli jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Fuqaroga rinoseptoplastika amaliyoti uchun endotraxeal narkoz berilgan. 

Biroq operatsiya davrida marhumning ahvoli to‘satdan yomonlashgan. Olib borilgan intensiv va reanimatsion davo choralariga qaramasdan joriy yil 5 mart kuni soat 03:22 lar chamasi unda biologik o‘lim qayd etilgan.

“Ayni paytda tekshiruvlar olib borilayotgani sababli “Star Med Center” klinikasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro Farhod Mannopov vafoti yuzasidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib bormoqda”, deydi Jaloliddin Asamutdinov.

Eslatib o‘tamiz, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: SSV, Mannopov, ochiqladi, etgan, tafsilotlarini, Star Med, o‘lim, vafot, vaqtincha, yopildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz